Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Milliy markazda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalariga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat-kengash ta'sis etildi

Milliy markazda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalariga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat-kengash ta'sis etildi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalariga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat-kengash organining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilashga bag'ishlangan ilk yig'ilishi bo'lib o'tdi. Maslahat kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiradi. Yig'ilishda Maslahat kengashi raisi, o'rinbosari va a'zolarining vazifalari tanishtirildi va rais sifatida Milliy markaz bo'lim boshlig'i Shahnoza Obidjonovna Ergasheva nomzodi tasdiqlandi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.