MILLIY MARKAZDA "PAXTA URUG'CHILIGIGA ZAMONAVIY ILMIY YONDASHUVLAR: RAQOBAT, MAFAATDORLIK, SAMARADORLIK" MAVZUSIDA SEMINAR TRENINGI BOSHLANDI

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 15-dekabr 2023-yildagi "Paxtachilikda urug'chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-391-sonli qarorida belgilangan vazifalar muhokama qilinadi.
Tadbirda Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Alisher Shukurov, Respublika Urug'chilikni rivojlantirish markazi rahbari Shuhrat Mamajonov va Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda hududiy Agroxizmatlar markazlari rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube