Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

MEVALI DARAXTLARNI ASRASH BOʻYICHA AGRO TAVSIYALAR

Mamlakatimizga kirib kelgan sovuq oqim albatta qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosiliga taʼsir etmay qolmaydi. Ayniqsa mevali daraxtlarni bu mavsumda asray olish juda muhim. Navoiy viloyat agroxizmatlar markazi masʼullari mazkur masalada uyma uy agrotavsiyalar berib borishmoqda. Xususan, havo sovib ketgan paytlarda hosilni saqlab qolish uchun bogʻning har joy-har joyiga poxol, poxol aralashgan goʻng, xazon, qipiq kabilarni tutatib qoʻyish va buni bezarar amalga oshirish usuli toʻgʻrisida maʼlumotlar berib borilayapti. Aytish kerakki, bu bilan daraxtlarning sovushi birmuncha kamayadi va bu yilgi hosilni koʻp qismi saqlab qolinadi. Daraxtlar gullagan paytda yoqqan qorni tushirib yuborish kerak. Chunki tajribada koʻrilganda gul shoxlaridagi qori silkitib, tushirib yuborilgan bogʻlardagi daraxtlar, hech qanday chora koʻrilmagan bogʻlardagi daraxtlarga qaraganda koʻproq hosilni saqlab qolganligi kuzatilgan. Ayniqsa payvandlangan koʻchatlar kurtagini sovuqlardan saqlashga katta eʼtibor qaratish kerak. Payvand qilingan kurtak bahorda unib chiqqandan soʻng sovuq uradigan boʻlsa, barcha ishlar zoye ketadi. Chunki, kurtak boshqa unib chiqmaydi. Yana bir yoʻli shuki, sovuq oldidan bogʻlarni koʻp suv qoʻyib sugʻoriladi. Bunda odatdagi sugʻorishdan boshqacharoq yaʼni suvni yoppasiga bostirib qoʻyiladi. Bu yerdagi issiqlikni saqlab qoladi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.