Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Metodik_qollanma

Metodik_qollanma
GISH va FISH asosida sitogenetik tahlillar bo‘yicha metodik qo‘llanma nashr etildi! O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti “Sitogenetika va seleksiya” laboratoriyasi xodimlari tomonidan “GISH va FISH asosida sitogenetik tahlillarni o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanma” tayyorlanib, nashr etildi. Mualliflar: T.E. Seitnazarova, Z.M. Ziyayev, U.Sh. Baxadirov, O‘.X. Yuldashov, J.Sh. Tog‘onov Metodik qo‘llanmada quyidagi masalalar batafsil yoritilgan: GISH va FISH usullarining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi; Fluorescent mikroskop: tuzilishi, ishlash mexanizmi va afzalliklari; Fluorescent mikroskop bilan ishlash tartibi; GISH (Genomic In Situ Hybridization) va FISH (Fluorescence In Situ Hybridization) tahlillarini o‘tkazish ketma-ketligi; Sitogenetik tahlillarda qo‘llaniladigan eritmalarni tayyorlash usullari. Molekulyar sitogenetik yondashuvlar — GISH va FISH zamonaviy genetika va seleksiya tadqiqotlarida yuqori aniqlik, samaradorlik va ishonchlilik bilan ajralib turadi. GISH usulining qo‘llanilishi: - turlararo duragaylarda xromosomalar manbasini aniqlash; - gen introgressiyasini kuzatish; - xromosoma tuzilmasidagi o‘zgarishlarni aniqlash; - turlar o‘rtasidagi xromosomaviy farqlarni vizuallashtirish. FISH usulining qo‘llanilishi: - mo‘ljalli genlarni xromosomada aniqlash; - genom xaritalarini tuzish; - marker-asosida seleksiya (MAS); - xromosomaviy mutatsiya va qayta qurilishlarni aniqlash. Metodika: pdf formatda tanishish Ushbu metodik qo‘llanma genetiklar, seleksionerlar, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.