Meningbayrogim_meninggururim

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan.
Xususan, ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek saqlaganlar.
BMT binosida unga a’zo bo‘lgan 193 mustaqil davlat qatori O‘zbekistonning ham bayrog‘i hilpirab turibdi. Aslida har bir bayroqning o‘z tarixi, u mansub bo‘lgan yurt suvratiyu siyratiga monand qiyofasi bor.
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bo‘lib ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham bu haqda faxr - iftixor bilan so‘z yuritildi.
Davra suhbatida ishtirok etgan Milliy markaz xodimlari bayrog‘imizga bilan g‘ururlanish har birimizning yurtga bo‘lgan muhabbatimizni ifoda etishi haqida fikr bildirdi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz