Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

Maxsarning “Obod” navi — yuqori hosildor va istiqbolli seleksiya yutug‘i

Maxsarning “Obod” navi — yuqori hosildor va istiqbolli seleksiya yutug‘i

“Obod” maxsar navi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan yaratilgan.

Navning ustunliklari:
O‘rta pishar, Tikonsiz, Hosildor, Moy miqdori yuqori, Kasalliklarga nisbatan chidamli

Asosiy biologik va xo‘jalik ko‘rsatkichlari:
O‘simlik bo‘yi: 70–75 sm
Savatchalar soni: 19 dona
Savatcha diametri: 2–2,5 sm
1000 dona urug‘ vazni: 42–44 g
Urug‘dagi moy miqdori: 38–42 %
Bitta savatchadagi urug‘ soni: 36 dona
Barg cheti: tikonsiz
Gul rangi: qizg‘ish
Tanasi: oq rangli

Hosildorligi:
1,8 t/ga
O‘suv davri:
110–115 kun

“Obod” navi o‘zining biologik va xo‘jalik ko‘rsatkichlari bilan rayonlashtirilgan navlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha oladi hamda moyli ekinlar seleksiyasida muhim ahamiyatga ega.

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.