Maxsar yetishtirish bo‘yicha tavsiyanoma nashr etildi

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Maxsar o‘simligini yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar” qo‘llanmasi tayyorlandi.
Mazkur tavsiyanomada maxsarning biologik va xo‘jalik ahamiyati, ekishning maqbul muddatlari, urug‘likni tayyorlash, o‘g‘itlash va sug‘orish texnologiyalari, begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari hamda hosilni yig‘ib-terib olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar jamlangan.
Maxsar qurg‘oqchilikka chidamli, qimmatli moyli ekinlardan biri bo‘lib, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik va qayta ishlash tarmoqlari uchun muhim xomashyo manbai hisoblanadi. Qo‘llanma fermer va dehqon xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari hamda soha mutaxassislari uchun maxsarni ilmiy asosda yetishtirish, yuqori va sifatli hosil olishda foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tavsiyanoma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://t.me/OGRITI_Uzbekistan/2057
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube