MAVSUMIY AGRONOMLAR MALAKA OSHIRDI

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan ikki kunlik o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davom etgan seminarda hududlardan ishtirok etgan 400 nafardan ortiq mavsumiy agronomlarga olimlar va malakali mutaxassislar tomonidan sohaga oid yangicha bilim va ma’lumotlar berildi.
Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yaratilayotgan yangi navlar va ishlanmalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, zamonaviy dehqonchilikni rivojlantirish borasida soha olimlari va ishtirokchilar o‘rtasida faol tarzda o‘tgan samimiy muloqotlar seminardan ko‘zlangan maqsadga xizmat qildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.