Mas’uliyat bilan ishga yondashish har bir rahbarning bosh mezoni bo‘lmog‘i darkor

Ishchi tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Nishon tumani U.Yusupov hududidagi Yubileyniy dala shiyponida viloyatning qishloq xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari, sohaga aloqador rahbarlar, vazirlikning tizim tashkilotlari viloyat hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Viloyatning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni o‘zalashtirish, eksport, yer o‘zlashtirish, aholi va yoshlarga yer ajratish, g‘alla parvarishi, chigit ekish, yangi bog‘-tokzorlarni barpo etish va boshqa masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi amalga oshirish rejalashtirilgan vazifalar va erishiladigan ko‘rsatkichlar taqdimoti bilan boshlangan yig‘ilishda vazir Ibrohim Abdurahmonov eng avvalo, bu kabi raqamlar hisobotni vijdonan yondashilgan holdagi aks ettirilgan bo‘lishi lozimligini qayd etdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda o‘tgan mavsumda viloyat yalpi ichki mahsuloti va eksport salohiyati ham yetarli bo‘lmagani, ish jarayoni sekinlashib qolgan mavjud xorijiy investitsiya loyihalarining muammolarini aniqlash va loyihani qayta ko‘rib chiqish hamda ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha samarali chora ko‘rish masalasi muhokama qilindi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram