Masofaviy zondlash va dronlar – qishloq xo‘jaligida yangi bosqich

Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi xodimlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
O‘quv kurslarining bugungi amaliy mashg‘ulotlari zamonaviy texnologiyalarga bag‘ishlandi. Unda tinglovchilar yer maydonlarini masofadan zondlash hamda dronlar yordamida monitoring qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi. Mashg‘ulotlarda ekinlar holatini real vaqt rejimida tahlil qilish, vegetatsiya indekslari orqali o‘simliklar holatini aniqlash hamda suv va yer resurslaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mashg'ulotlar davomida qishloq xo‘jaligida nobudgarchiliklarning oldini olish va ularning aniq hisobini yuritish mavzusi ham muhokama qilindi. Mutaxassislar ishtirokchilarga hosilni yig‘ib olish jarayonida yo‘qotishlarni kamaytirish, mahsulot isrofini oldini olish va raqamli nazorat tizimlarini joriy etish bo‘yicha bir qator ilmiy asoslangan tavsiyalarni berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube