Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish asosiy vazifa

Ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish asosiy vazifa
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan tashkilot” tanlovini o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda vazir maslahatchisi E.Abdualimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shahar va viloyatlar bo‘limlari mas’ul xodimlari, vazirlikning respublika tizim va hududiy tashkilotlari, korxona va muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul etib belgilangan xodimlari, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirok etdi. Mazkur tadbirda vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining tizimdagi tashkilot, korxona, va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirayotgan faoliyatini joriy yilning sentabr-oktabr oylarida joylarda o‘rganish va belgilangan mezonlar asosida baholash borasidagi vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, tanlovni o‘tkazish borasida vazirlik va uning huzuridagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining tizim va hududiy tashkilotlari, korxona va muassasalari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining hududlardagi vakillarining hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalari haqida batafsil kengashib olindi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.