Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

Malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi
Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy bilim va ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etish, shuningdek, yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Yer tuzish, yer munosabatlari va yerdan foydalanish” yo‘nalishida bir haftalik malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur malaka oshirish kursida Qishloq xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirning kirish qismida Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Rustam Nizamov so‘zga chiqib, institutda o‘quv jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda malaka oshirish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, direktor o‘z nutqida bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab, tinglovchilarni kurs davomida berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, olgan bilimlarini amaliy faoliyatida samarali qo‘llashga chaqirdi. Kurs mashg‘ulotlari davomida tinglovchilarga yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish, yer tuzish ishlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, yer fondini boshqarish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan nazariy va amaliy bilimlar berildi. O‘quv mashg‘ulotlari soha bo‘yicha tajribali mutaxassislar va malakali ekspertlar tomonidan interaktiv hamda amaliy yondashuvlar asosida olib borilib, tinglovchilarning mavjud bilimlarini mustahkamlash va ularni real ish jarayonida qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Kurs yakunida tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari baholanib, belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan ishtirokchilarga malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.