Malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

Qishloq xo‘jaligida kadrlar salohiyatini yuksaltirish va tarmoq boshqaruvini zamonaviy agrotexnologiyalar asosida tashkil etish maqsadida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining navbatdagi — 7-guruh tinglovchilari yakuniy test imtixonlarini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarga ega bolishdi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan "Yer tuzush, yer munosabati va yerdan foydalanish" mavzusida tashkil etilgan 72 soatlik malaka oshirish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Kurs doirasida tinglovchilar Yer rusurslarini raqamlashtirish va geoinformatsion tizimlar (GIS), Yerlarni masofadan zondlash va dronlar orqali monitoring qilish, Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining hisobini yuritish kabi mutaxxassislik hamda “HECI” tamoyillarini sohada qo‘llash, Davlat xizmatchisining imidji, shaxsiy samaradorlik va stresslarga bardoshligi hamda rahbar kadrlarning kompetensiyalari, notiqlik san’ati va vaqt boshqaruvi kabi barcha bilishi zarur bolgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
O‘quv dasturi davomida vazirlik mutaxassislari va soha olimlari ishtirokida ochiq muloqotlar, seminar-treninglar hamda dala sharoitida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu esa tinglovchilarga sohadagi muammolarga ilmiy-amaliy yechimlar topish imkonini beradi. Malaka oshirish kurslari yakunida tinglovchilar hafta davomida olgan bilimlari yuzasidan test sinovlari topshirishdi va yetarli natijaga ega bo`lgan tinglovchilarga malakaviy sertifikat taqdim etildi.
Kursni yakunlash va tinglovchilarga sertifikat berish jarayonlarida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Akademik Sh. Namozov, Qishloq xo'jaligi vazirligi ilm, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i q.x.f.d., professor T.Atakulov hamda Qishloq xojaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori q.x.f.d., professor R.Nizomov ishtirok etdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube