Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

MAHALLIY UZUMLAR SHIRADORLIGI BAHOLANDI

MAHALLIY UZUMLAR SHIRADORLIGI BAHOLANDI
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan va Respublika reystr to'plamiga kiritilgan uzum navlari shiradorligini baholash tadbiri bo'lib o'tdi. Baholash natijalariga ko‘ra: Mayizbop navlardan "Kishmish Sug'diyona" tashqi ko‘rinishi, glyukoza miqdori, yuqori shirin ta’mga egaligi, etliligi, suvligi kabi xususiyatlari inobatga olingan holda ekspertlar qo‘ygan baholarning umumiy yig‘indisi 16,5 ballni tashkil etdi. Bu uzum mayizboplar orasida 1-o‘rin, "Qora kishmish" navi esa 16,1 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Xo'raki navlardan "Husayni egri" eng yaxshi deb topildi. U iste'molbop uzumlar orasida 18,4 ball bilan birinchi o‘rin, "Rizamat" naviga esa 16,5 ball bilan ikkinchi o‘rin berildi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.