Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mahalliy g‘o‘za navlari uchun yangi davr: BT va GT genlari joriy etildi

Mahalliy g‘o‘za navlari uchun yangi davr: BT va GT genlari joriy etildi
Buxoro viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qorako‘l tumanidagi “Yangiboy Ochil g‘allakor” fermer xo‘jaligi dalasida Hindistonning urug‘chilik sohasiga ixtisoslashgan “Nath Bio Genes” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida kompaniya tomonidan O‘zbekistonning mahalliy g‘o‘za navlariga zamonaviy genetik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, mahalliy to‘rtta istiqbolli g‘o‘za naviga BT va GT genlarini o‘tkazish ishlari muvaffaqiyatli yakunlangani ma’lum qilindi. Mazkur yangilikning ahamiyati shundaki, shu kungacha BT va GT genlari asosan xorijiy seleksiya navlarida mavjud bo‘lib, mahalliy navlarda bunday imkoniyat bo‘lmagan. Endilikda esa ko‘p yillar davomida O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, yuqori hosildorligi bilan ajralib turadigan mahalliy navlar zamonaviy genetik yutuqlar bilan boyitildi. Yangi texnologiya qo‘llanilgan navlar nafaqat yuqori hosildorlikka ega bo‘ladi, balki paxtachilikda katta zarar keltiradigan shira va trips kabi zararkunandalarga nisbatan yuqori chidamlilikni ham namoyon etadi. Bu esa hosil sifati va iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Uchrashuv davomida mazkur to‘rtta yangi navni tajriba tariqasida ekish muddatlari hamda keyingi bosqichdagi hamkorlik rejalari atroflicha muhokama qilinib, aniq vazifalar belgilab olindi. Ta’kidlanganidek, xalqaro hamkorlik asosida ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish mahalliy seleksiya yutuqlarining yangi bosqichga ko‘tarilishiga, o‘z navbatida, O‘zbekiston paxtachiligining raqobatbardoshligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.