Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

"Mahalla obodligi — yurt farovonligi"

"Mahalla obodligi — yurt farovonligi"
Vazirlar Mahkamasining 26-apreldagi tegishli farmoyishi asosida 30-aprel kuni Respublikada umumxalq xayriya hashari o‘tkazalishi e'lon qilindi. Farmoyishning ijrosini ta'minlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hodimlari hasharda faol ishtirok etishmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bundan avvalgi umumxalq xayriya hashari 2021-yil 21-avgust kuni o‘tkazilgandi. Ushbu xayriya tadbirlari orqali 3 milliard 193 million so‘mdan ortiq, shundan 189 million so‘mdan ortiq mablag‘ “Mahalla” fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari ko‘rsatishga sarflangan edi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.