Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Loviyaning foydali jihatlarini bilasizmi?

Loviyaning foydali jihatlarini bilasizmi?
Loviya tarkibida o‘simlik oqsili juda ko‘p bo‘lib, organizmni yetarli miqdorda kletchatka bilan ta’minlaydi va bu xususiyat saratonga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Loviya va uning tarkibidagi moddalar hujayrani genetik zararlanishini oldini oladi. Loviya mahsulotlari juda ko‘p turdagi saraton kasalliklarining oldini oladi, ayniqsa, prostata rakini davolashda katta yordam beradi. U hazm qilish a’zolari saraton kasalliklarining oldini olishda ham juda yaxshi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qizil loviya tarkibida protein moddasi ko'proq. Shuningdek, V9, V6, vitaminlari ham mavjud. Ular terining holatini va metabolizmni yaxshilaydi. Bundan tashqari, qizil loviya tarkbida magniy ko'pligi sababli yurak faoliyatiga juda foydali hisoblanadi. Oq loviya esa ko‘proq kalsiy, kaliy va klechatkalarga ega. Bu boyliklarning barchasi suyaklar, tishlar va yurakni mustahkamlashga yordam beradi. U oshqozon faoliyatini yaxshilaydi. Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, allergiya va oshqozon-ichak kasalligiga chalinganlarga qizil loviya iste’mol qilish mumkin emas. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.