Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

LIVE

LIVE
Xabar berib borayotganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamrohligida Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Nikolayevna Lut Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tashrif buyurib, mamlakatimizda agrar soha ilm-fani, bilim va innovatsiyalarni integratsiya qilish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishmoqda. Tanishuv jarayonida fermer, dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa egalariga ko‘chma agroxizmatlar ko‘rsatuvchi mobil laboratoriyalar bilan qiziqdi.  Mutaxasislar bilan xizmat ko‘rsatish hajmi, sifati va fermerlarning mobil xizmatlarga ehtiyoji haqidagi o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Shundan so‘ng mehmon Milliy markaz hududida joriy yildan O‘zbekiston- O‘mon hamkorligida faoliyat boshlagan xalqaro laboratoriya imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishdi. Eslatib o‘tamiz ushbu laboratoriya oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilib, xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlar beradi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.