Live

Ayni paytda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan “BMB-NRC Agrologistics” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Marosimni Rossiya Fedaratsiyasi Qishloq xo'jaligi vazirligi rahbariyati va O'zbekiston hukumati nomidan Bosh Vazir o'rinbosari Jamshid Xodjayev onlayn tarzda kirish so'zi bilan ochib berdi.
Shuningdek, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Oleg Malginov, O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulotda va muxtor elchisi Botirjon Asadov BMB Holding Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov hamda qator mas’ul rahbar va xodimlar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston-Rossiya hamkorlikdagi “BMB-NRC Agrologistics” qo‘shma korxonasi O‘zbekistondagi eng yirik va yagona agrologistik kompleks hisoblanadi.
40 gektar hududni o‘z ichiga olgan markaz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash, kalibrlash, qayta ishlash, qadoqlash va saqlash kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
⏩ Shuningdek, korxonada 1410 nafar doimiy, 1500 ga yaqin mavsumiy ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram