Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

LIVE

LIVE
Makkajo’xorining duragaylarini yaratishda xitoylik olimlar bilan hamkorlik Xabar berganimizdek, Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida “Xitoy texnologiyasi asosida makkajo‘xori duragaylari urug‘chiligini tashkil etish" bo‘yicha ko‘rgazmali dala-seminari boshlandi. Seminarni Milliy markaz bo’lim boshlig’i G’afurjon Parpiyev kirish so’zi bilan ochib, usbu ilmiy muassasaning agrar soha ilm-fanidagi o’rni haqida to’xtaldi. Shundan so’ng so’zga chiqqanlar seminar mavzusi xususida fikr bildirdi. Ma’lum qilinishicha, har yili yurtimizga chetdan o’rtacha 4000 tonna makkajo’xori urug’ligi import qilinadi. Ilmiy muassasa olimlari xitoylik olimlar bilan hamkorlikda makkajo’xori duragaylarini yaratish va uning urug’chiligini tashkil qilish orqali importni qisqartirishni maqsad qilgan. Ayni paytda xitoylik olimlar ilmiy hamkorlikdan kutilayotgan natijalar xususuda taqdimot qilishmoqda. Taqdimotlardan so’ng dastlabki natihalar bevosita dalada namoyish qilinadi. Ushbu seminarda soha olimlari, mutaxassislar va fermerlar ishtirok etmoqda. Tafsilotlarni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB| Telegram| Instagram | Facebook | Youtub

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.