Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Live

Live
Ayni damda Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hududlarda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi obyektlarida olib borilayotgan ishlar, ekin maydonlarida koʻrsatilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif buyurdi. Vazir dastlab viloyatning Jarqoʻrgʻon tumani "Jayraxona" MFY hududidagi ikkita gʻoʻza maydonini koʻzdan kechirdi. Bu yerga gʻoʻzaning mahalliy "Buxoro-102" navi ekilgan boʻlib, agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida sifatli amalga oshirilgani bois jami 35 gektar maydondagi gʻoʻzaning vegetativ holati yaxshi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov ayni damda gullash fazasida kirgan gʻoʻzalarga keyingi ishlovlarni berish boʻyicha mutasaddilarga oʻz tavsiyalarini berdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.