Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Limonni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish yo'llari

Limonni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish yo'llari
Limon fors tilida “tilla daraxt” degan maʼnoni anglatadi. U sitrus mevalar turkumiga kiradigan doim yashil ko‘p yillik mevali ekin. Vatani – Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo. O‘rta Yer dengizi, AQSH, Meksika, Argentina kabi mamlakatlari subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz bo‘ylarida, O‘zbekiston va Tojikistonda issiqxona va transheyalarda ekiladi. Limonning hususiyatlari juda keng, uning nafaqat mevasi, balki guli, barglari va hatto po'sti ham koni shifodir. So'ngi yillarda O'zbekistonda limon yetishtirish darajasi ortib bormoqda. Hozirgi kunda olimlarimiz tomonidan uning sovuqqa chidamli va ertapishar navlari yaratilib, nafqat mahalliy bozor ta'minlanmoqda, balki boshqa davlatlarga eksport ham qilinmoqda. Ohangaron tumani “Qoraxitoy” MFYda yashovchi fuqaro Iskandar Turg‘unovning xonadonida ham limon parvarish qilinmoda. Shu bois, tuman hokimligi tashabbusi bilan ushbu xonadonda limon yetishtirishni mahallalarda ommalashtirishga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkillashtirildi. Unda Respublika va viloyat Agroxizmatlar markazi mutaxassislari ham ishtirok etishdi. ⌛Agromaslahatchilar tomonidan limon yetishtirish bo'yicha muhim tavsiyalarni berildi. Hususan, zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish bo'yicha quyidagi tavsiyalar berildi: Limon daraxti issiqxona va xandaqlarda koʻpincha oʻsimlik bitlari va kanalar bilan zararlanadi. Ushbu zararkunandalarga qarshi Omayt, Danadin, Niguol, Altikor, Vertemeks preparatlarini qo'llash qoidalari yuzasidan ma'lumot berildi. Ushbu preparatlarni oʻsimlik gʻunchalagan va gullagan davrida purkash mumkin emas. Ishlov ertalab va kechqurun oʻtkaziladi. Qora kuyasimon zumburug'lar va oq chirish kasaliklari barglar yuvilganda ketmaydi. Barglar 1%li bordo suyuqligi eritmasi yoki 0,5% mis, xlor oksidi eritmasini qoʻshimcha purkalganda ulardan halos bo'ladi. WEB||Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.