LDITI

#Dala_seminari
#Jizzax
Lalmi yerlarda ilm-fan - kelajak uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaydi
⌛Iqlim o'zgarishi natijasida tuproq degradatsiyasi ortayotgani bugun qishloq xo'jaligida katta muammo ekanligi hech kimga sir emas. Bunda dehqonchilikda ilm-fan va innovatsiyalarni qo'llagan holda yechim topish mumkinligini bugun har bir dehqon va fermer yaxshi anglab turibti. Mamlakatimizda 750ming gektardan ortiq haydaladigan lalmi yerlar mavjud. Shundan 220ming gektari Jizzax viloyati hududida joylashgan. Ya'ni respublikadagi lalmi yerning 3/1 qismi mazkur viloyatda. Bu esa viloyat fermer va dehqon xo'jaliklari uchun ilm nihoyatda muhimligini anglatadi.
Bugun Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo'lib o'tgan dala-seminar ham ayni masalalarga bag'ishlandi. "Lalmikor hududlarda boshoqli, moyli va dukkakli ekinlar seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari" mavzusida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar qatnashchilarga taqdim qilindi.
Xususan, yumshoq va qattiq bug'doy genetikasi seleksiyasi va urug'chiligi laboratoriyalarida jami 2622 ta nav na'munalari ustida tadqiqotlar olib borilayotgan bo'lsa shundan yumshoq bug'doy seleksiyasi sohasida raqobatli nav sinash pitomnigida 32 ta yangi nav, dastlabki nav sinash pitomnigida 38 ta yangi tizmalar, nazorat pitomnigida 90 ta yangi tizmalar, 2-yil seleksiya pitomnigida 135 ta tizmalar, 1-yil seleksiya pitomnigida 280 ta tizmalar, duragaylar pitomnigida 86 ta gibrid liniyalar, kolleksiya pitomnigida 735 ta nav na'munalari o'rganilmoqda.
Shuningdek institutda no'xot, mosh, maxsar, zig'ir, arpa, beda, undov kabi lalmi tuproqqa mos ekinlar bilan bir qatorda sedana, kunjut kabi boshqa moyli ekinlar ham tajriba-sinov tariqasida tadqiq qilinmoqda.
Olib borilayotgan tadqiqotlar natijasi asosida lalmikor maydonlarda faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklari va agroklasterlar uchun tavsiya ishlab chiqariladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube