Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kuzgi g‘alla ekish va paxtani terimga tayyorlash masalalari muhokama qilindi

Kuzgi g‘alla ekish va paxtani terimga tayyorlash masalalari muhokama qilindi
Bugun Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish hamda paxta hosilini terimga tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan Respublika seminari o‘tkazildi. Video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilgan seminarda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik departament va boshqarma rahbarlari, hududiy qishloq xo‘jaligi tizimi mas’ullari, hokimlarning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va tumanlardagi mutasaddilar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Seminarda, avvalo, 2027-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini zamonaviy agrotexnologiyalar asosida ekish masalalari muhokama qilindi. Bunda yer maydonlarini ekishga sifatli tayyorlash, urug‘likni to‘g‘ri tanlash, ekish muddatlari va me’yorlariga rioya qilish, shuningdek, ilg‘or agrotexnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, paxtani to‘liq pishirib, sifatli terimga tayyorlash jarayonlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Etefon sepilgan maydonlarning holati, keyingi bosqichda amalga oshiriladigan defoliatsiya va desikatsiya tadbirlari, shuningdek, hosilni sifatli va kam yo‘qotishlar bilan yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik masalalari tahlil qilindi. Paxtachilik va g‘allachilikda har bir agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida va sifatli bajarish kelgusi hosil taqdirida muhim ahamiyatga ega. Shu bois seminarda hududlarda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda ilmiy tavsiyalar asosida ish olib borish zarurligi ta’kidlandi. Muhokamalar davomida hududlar va mas’ullar kesimida aniq vazifalar belgilab berilib, kuzgi ekish mavsumini sifatli tashkil etish, paxta hosilini terimga puxta tayyorlash hamda agrotexnik tadbirlarning bajarilishini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.