kun_fotosi

Ayni kunlardaJDITI Donli ekinlar seleksiyasi laboratoriyasida tadqiqotlar doirasida lalmikor maydonlar uchun kuzgi yumshoq bug'doy, ikki faslli yumshoq bug'doy, qattiq bug'doy va arpaning 34 ta ko'chatzorlari tashkil etildi.
Ahamiyatlisi shundaki, mazkur tajribada (2023-2024 mavsum uchun) donli ekinlarning 1240 ta nav va namunalari, jami 2520 ta paykalchalar lalmikor maydonlarda sinovdan o'tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Xalqaro ilmiy markazlar (ICARDA, CIMMYT) dan turli geografik mintaqalarga mansub donli ekinlar genotiplari ham keltirildi. Mahalliy sharoitda yaratilgan duragay va tizmalardan foydalanib raqobatli nav sinash, nazorat va seleksiya ko'chatzorlari yaratildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube