Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ko‘zlardagi quvonch — Mustaqilligimizning 35 yilligiga eng go‘zal tuhfа!

Ko‘zlardagi quvonch — Mustaqilligimizning 35 yilligiga eng go‘zal tuhfа!
Yurtimiz bo‘ylab eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shonli to‘yi shukuhi kezmoqda. Bunday qutlug‘ kunlarda mehr ulashish, e’tiborga muhtoj ko‘ngillarni yo‘qlash xalqimizning eng ezgu va olijanob qadriyatlaridandir. Yangi o‘quv yili arafasida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy -tadqiqot institutining Oqqo‘rg‘on ilmiy-tajriba stansiyasi jamoasi ana shunday xayrli va savobli tashabbusni amalga oshirdi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan kam ta’minlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari holidan xabar olindi. Jajji qalblarning yuzidagi beg‘ubor tabassum, kelajakka porlagan umid va ota-onalarning samimiy duolari biz uchun eng katta mukofot bo‘ldi. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.