Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Korrupsiyaga qarshi kurashishda ichki nazorat tizimi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashishda ichki nazorat tizimi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”giQonun imzolandi. Ushbu qonun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qator muhim yangiliklar joriy etildi. Xususan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestrini yuritish, korrupsiyaga oid jinoyatlar tushunchasini aniq belgilash, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplaens tizimlarining huquqiy asoslarini mustahkamlash kabi muhim normalar nazarda tutilgan. Qonunga muvofiq, endilikda davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vakolatlari kengaytirilib, ularning mustaqil faoliyat yuritishi uchun zarur huquqiy kafolatlar yaratildi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish va mansab vakolatlaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi ta’sirchan mexanizmlar joriy etilmoqda. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlarda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat xaridlari jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali hamda maqsadli foydalanish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, xalqaro grantlar, ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonlarida ochiqlik va hisobdorlik tamoyillariga qat’iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, markaz tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Qonun bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlari, hududlar hamda sohalar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi ham yuklatildi. Bu esa har bir tashkilot faoliyatidagi ehtimoliy xavflarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish imkonini beradi. Mazkur qonun talablaridan kelib chiqqan holda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida ham korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, shaffof boshqaruv tamoyillarini mustahkamlash hamda jamoatchilik ishonchini oshirishga qaratilgan ishlar yanada kuchaytiriladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat nazorat organlarining emas, balki har bir rahbar va xodimning mas’uliyatidir. Yangi qonun ana shu mas’uliyatni yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.