Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada kuchaytiriladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada kuchaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1155 Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun bilan 3 ta kodeks va 5 ta qonunga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra: Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi; Jinoyat kodeksida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasi belgilandi va unga 18 turdagi jinoyat kiritildi; Davlat organlarida komplayens va ichki korrupsiyaga qarshi nazorat tizimlarining huquqiy asoslari yaratildi; Korrupsiyaga qarshi kurashishda maishiy darajadan tortib yuqori lavozimli shaxslargacha qamrab oluvchi amaliy mexanizmlar joriy etildi; Komplayens tuzilmalar xodimlarining huquqiy va xavfsizlik kafolatlari mustahkamlandi; Barcha davlat organlarida komplayens nazorati tizimi yo‘lga qo‘yiladi; Ushbu tizim faoliyati Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati tomonidan muvofiqlashtiriladi; Ayrim korrupsion jinoyatlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilroq jazo bilan almashtirish cheklanadi; Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi yuklatildi; Milliy va hududiy kengashlar hamda Agentlik vakolatlari kengaytirildi. Yangi tartibga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish endilikda yagona tizim asosida markazlashgan va samarali mexanizm sifatida amalga oshiriladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.