Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

KO'RGAZMALI DALA SEMINARIGA TAYYORGARLIK

KO'RGAZMALI DALA SEMINARIGA TAYYORGARLIK
Joriy yil Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti va  Xitoyning “Xinjiang Jiuyu Agricultural Development Co. Ltd” kompaniyasi hamkorligida mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitlariga mos boʻlgan duragay urug‘chilikni tashkil etish hamda makkajo‘xori, kungaboqar, sabzavot va poliz ekinlari duragaylarini yaratish boʻyicha ko'rgazma dalasi tashkil etilgan edi. ⏩Ushbu ko'rgazma dalada bugungi kunga qadar makkajoʻxorining 80 ta, kungaboqarning 40 ta, oshqovoqning 10 ta va boshqa sabzavot ekinlarining 50 dan ortiq nav hamda tizmalarning seleksiya maydoni tashkil etilib, yangi duragay va navlarni yaratish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ertaga, ya'ni 11-sentabr kuni Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida “Xitoy texnologiyasi asosida makkajo‘xori duragaylari urug‘chiligini tashkil etish" bo‘yicha ko‘rgazmali dala-seminari tashkil etiladi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.