Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Koreyalik hamkorlar bilan qishloq xo‘jaligida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish istiqbollari muhokama qilindi

Koreyalik hamkorlar bilan qishloq xo‘jaligida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish istiqbollari muhokama qilindi
Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Koreya Respublikasining GS&J Instituti katta iqtisodchisi, PhD Choy Ji-Hyon bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda MAFRA ODA O‘zbekiston ofisi direktori Jang Jong Ryo‘l ham ishtirok etdi. U Korea Rural Community Corporation (KRC) vakili hisoblanadi. Muloqot davomida qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari uchun zamonaviy o‘quv dasturlari va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, o‘zaro tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda Koreya Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasida to‘plagan ilg‘or tajribasini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimiga joriy etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kadrlar salohiyatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish va soha mutaxassislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar ODA loyihalari doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ham muhokama qildilar. Shu bilan birga, kelgusida qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining Koreya Respublikasidagi ilg‘or tajriba va amaliyotlar bilan yaqindan tanishishini ta’minlash, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikdagi ilmiy-amaliy tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo‘nalishidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.