Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Koreyalik hamkorlar bilan "aqlli" issiqxonalar tizimi rivojlantiriladi

Koreyalik hamkorlar bilan "aqlli" issiqxonalar tizimi rivojlantiriladi
⌛ Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari Bahodir Eshchanov va Koreya xalqaro qishloq xo‘jalik tadqiqot markazi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar O‘zbekistonda "aqlli" issiqxonalar tizimini rivojlantirishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar. Muloqot jarayonida Koreya xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqot markazi rahbari janob Yong Beom Leye uchrashuv ishtirokchilarini koreyalik loyihachilar tomonidan O‘zbekistonning iqlim sharoitiga mos qilib ishlangan issiqxona loyihasi bilan tanishtirdi. Uchrashuv ishtirokchilari loyiha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv so‘nggida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari Bahodir Eshchanov izchil hamkorlik uchun delegatsiya a’zolariga minnatdorlik bildirib, Milliy markaz o‘z vakolatlari doirasida loyihani amalga oshirishda ko‘mak berishini ta’kidladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.