Koreya qishloq xo’jaligiga oid texnologiyalarni targ’ib qilish agentligi KOAT bilan hamkorlikda ilmiy ishlanmalar tijoratlashtiriladi

Xabar berib borayotganimizdek, Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov shu kunlarda Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safari bo'lib turibti. Safar davomida ko'plab uchrashuvlar o'tkazilib, ikki tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlik kelishuvlariga erishilmoqda.
Shuhrat Otajonov Koreyaning nufuzli tashkilotlaridan yana biri KOAT rahbariyati bilan uchrashib kelgusidagi istiqbolli rejalari va hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan muloqot o'tkazdi.
Uchrashuvda KOAT va Milliy markaz hamkorligida qishloq xo'jaligiga oid yangi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida kelishuvga erishildi. Ularni keng targ'ib qilish, agrar sohaga joriy etish borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Shuningdek, kelgusida Toshkentda Koreya texnika va texnologiyalariga bag'ishlangan yarmarka o'tkazish bo'yicha ham muhokamalar bo'lib o'tdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube