Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

KONFERENSIYA QATNASHCHILARI ILMIY MUASSASALARGA TASHRIF BUYURDI

KONFERENSIYA QATNASHCHILARI ILMIY MUASSASALARGA TASHRIF BUYURDI
Xabar  berib borayotganimizdek, poytaxtimizda "VIII Butunjahon paxta tadqiqoti konferensiyasi" bo’lib o’tyapti. Anjuman ishtirokchilari bugungi plenar va panel sessiyalardagi soha muammolariga bag’ishlangan qizg’in muhokamalardan so’ng yurtimizdagi bir qator ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. ▶ Konferensiya ishtirokchilari guruhlarga bo'lingan holda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markaziga tashrif buyurdi. Tanishuv jarayonida ilmiy muassalardagi tadqiqot ishlari ularda yaxshi taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Milliy markazda tashkil etilgan g'o'za nav namunalari ko'rgazmasi katta qiziqish uyg'otdi.  Ko'rgazmalar zalida joylashtirilgan ushbu yilda paxtachilikda tajriba sifatida qo'llanilgan agrotexnologiya maketi barcha ishtirokchilarda qiziqish uyg'otdi. Qo'shqator usulda, 76 sxemada, plyonka ostida ekilgan g'o'za hosildorligi gektariga 80 sentnerni tashkil etganini alohida qayd etish mumkin. Mazkur usulda paxta maydoniga tomchilab sug'orish texnologiyasini o'rnatish yanada yaxshi samara berdi. Bunda paxta maydonidagi begona o'tlar o'sishi sezilarli kamaydi. Kerakli mineral o'g'itlar va preparatlar suvga aralashtirilgan holatda qo'llanildi. Shuningdek, mehmonlar Milliy markaz huzuridagi O'zbekiston-Koreya qo'shma laboratoriyasi “GS-BIO” va “O'zbekiston-Vengriya kartoshkachilik markazi” invitro laboratoriyalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEBTelegram Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.