KONFERENSIYA

Bog‘dorchilik va uzumchilikda barqaror texnologiyalar
Joriy yining 11–sentabr kuni Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida
“Global iqlim o‘zgarishi sharoitida bog‘dorchilikni rivojlantirishning barqaror innovatsion texnologiyalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda vazirlik va idoralar vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Sho‘balar doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar taqdim qilindi:
Iqlim o‘zgarishi sharoitida bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarini yetishtirishning innovatsion texnologiyalari;
Yangi navlar yaratish, seleksiya va ko‘chatchilik;
Biotexnologiya va intensiv ko‘chatlar yetishtirish;
Meva-uzum mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash samaradorligini oshirish;
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash;
Agrokimyo, sug‘orish va mexanizatsiya masalalari.
Anjuman natijalari bo‘yicha ilmiy maqolalar “Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” jurnalining maxsus sonida chop etiladi va xalqaro bazalarda indeksatsiya qilinadi.
Ushbu ilmiy-amaliy uchrashuv qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo'ldi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB| Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube