Koʼkatlar va sabzavotlarni birgalikda ekish sxemasi!

Аjoyib uchlik ekish sxemasi: makkajoʼxori, noʼxat va qovoq. Makkajoʼxori tuproqni azot bilan toʼyintirishda noʼxatga yordam beradi va qovoq, oʼz navbatida, begona oʼtlarning oʼsishiga yoʼl qoʼymaydi.
Yana bir yaxshi kombinattsiya: piyoz va sabzi. Ular zararkunandalarga qarshi birga kurashadi. Chunki ular insektitsid va fungitsid taʼsirga ega boʼlgan moddani (allitsin) chiqaradi.
Pomidor va rayhon nafaqat salat uchun yaxshi kombinatsiyadir. Bu oʼsimliklar bir xil tuproqqa va bir xil sugʼorishga muhtoj. Bundan tashqari, rayhon hidi koʼpincha pomidorlarni zararkunandalar ximoya qilidai. pomidorning hosili rayhon butalari yonida pishgan boʼlsa, juda mazali boʼladi.
Loviya, bolgar qalampiri va baqlajon. Qalampir va baqlajonlar bir xil oilaga tegishli va ular bir xil oʼsadigan sharoitlarga muhtoj. Yashil loviya baqlajonni Kolorado kartoshka qoʼngʼizidan himoya qiladi.
AKIS UZBEKISTAN