Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ko’chat mavsumiga tayyorgarlik

Ko’chat mavsumiga tayyorgarlik
”Kishmish so'g'diyona” navi - akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutning Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida seleksionerlar K.V. Smirnov va Y.P.Pererilisina tomonidan ‘‘Pobeda’’ va ‘‘Qora kishmish’’ navlarini chatishtirish yo'li bilan yaratilgan. ”Kishmish so'g'diyona” navi - o‘rtapishar mayizbop nav (avgust oxiri, sentabr boshlari). Bargi o‘rtacha, yurak shaklida, besh bo‘lakli, to‘q yashil rangda. Tupi kuchli o‘sadi. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, og'irligi 400-450 gr va undan ham ortiq, ko‘p shingilli, o‘rtacha sochiluvchan. G‘ujumlari yirik tuxumsimon qora rangli, mumg‘ubor bilan qoplangan (4,5 g). Po‘sti yupqa, pishiq. Etdor, xushta’m. Qandlilik darajasi 25-26%. Hosildorligi 180-200 s/ga teng. Yangi uzulgan holda iste’mol qilinadi va mayiz tayyorlanadi. Hozirda akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon va Samarqand ilmiy-tajriba stansiyada ‘‘Kishmish So'g’diyona’’ navining tayyor ko’chatlarni topishingiz mumkin. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.