Kirildami yoki lotinda?” – matn ustida ishlaydiganlar uchun muhim!

Endi buni so‘rab o‘tirishga hojat qolmadi: Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ tomonidan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan veb-resurs – Tahrirlovchi.uz yaratildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF–6084-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Tahrirlovchi.uz so‘z va matnlarni lotin-kirill, kirill-lotin grafikasiga to‘g‘ri o‘girishgina emas, balki matnni imlo qoidalari asosida tahlil qilish va matnda xato yozilgan so‘zlarni ajratish, shuningdek, o‘zbek tilining izohli va imlo lug‘ati maʼlumotlar bazasidan samarali foydalanish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.
WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram