Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

KEYINGI MANZIL AKADEMIK MAHMUD MIRZAYEV NOMIDAGI BOG‘DORCHILIK, UZUMCHILIK VA VINOCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI bo‘ldi. Bugungi kunda ushbu institutda 15 ta ilmiy-tajriba stansiyalari va 1 ta…

“Respublika bog‘bonlar maktabi” faoliyat olib bormoqda. Mamlakatda institutining 16 ta hududiy filiali, ilmiy tajriba stansiyasi va uchastkalari mavjud. Ularda behi, nok, uzum, o‘rik, olxo‘ri, limon, shaftoli, xurmo, qulupnay, qorag‘at kabi mevalarning ko‘chatlarini yetishtirish, turli navlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Vazir institutga tashrifi davomida in-vitro laboratoriyasida ko‘paytirilgan payvandtaglarni tashqi muhitga moslashtirish xonalarini oshirish, yer maydonlari va issiqxonalardan samarali foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bilan bir yil oldin buyurtma asosida ko‘chat yetishtirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Samarqand viloyatidagi “SAG Agro” MCHJ, Toshkentdagi “Denova” MCHJ va boshqa xususiy ko‘chatchilik subyektlari bilan in-vitro sharoitida meva va tok payvandtaglari hamda ko‘chatlarini ko‘paytirishni o‘rganish va hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha takliflar tayyorlashga eʼtibor qaratildi. Institutning asosiy vazifasi bog‘dorchilik, uzumchilik va sitruschilik sohalarida yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, raqobatbardosh, eksportbop meva va uzum navlarini yaratish hamda ularni yetishtirishda ilmiy asoslangan resurstejamkor ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Xalqaro standartlarga mos va eksportbop mevali daraxt, tok, rezavor va sitrus o‘simliklarning ko‘chatlarini yetishtirish hamda ularni realizatsiya qilish bilan ham shug‘ullanadi. 1898-yilda Turkiston qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasi sifatida tuzilgan institutda barcha qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2125-sonli qaroriga asosan qayta tashkil etildi. 2014-yilda unga atoqli o‘zbek akademigi Mahmud Mirzayev nomi berildi. НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ ЧИТАЙТЕ НА САЙТЕ WWW.AGRO.UZDAVOMI PASTDA

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.