Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Keng dalalarda paxta ekish va plyonka to‘shashga ixtisoslashgan zamonaviy texnikalar ishlab chiqildi

Keng dalalarda paxta ekish va plyonka to‘shashga ixtisoslashgan zamonaviy texnikalar ishlab chiqildi
Ayni vaqtda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida Toshkent viloyatida bo’lib turibdi. Navbatdagi manzil, vazirlik huzurida faoliyat yurituvchi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti bo’ldi. Tashrif davomida ushbu ilmiy tadqiqot instituti faoliyati va amalga oshirilgan ishlar ko‘lami o‘rganildi. Yerlarni ekishga tayyorlash, ekin qator oralariga o‘z vaqtida sifatli ishlov berish va bug‘doy hosilini nest nobud qilmasdan yig‘ishtirishda g‘alla kombaynlaridan samarali foydalanish amaliyoti borasidagi fikrlar tinglandi. Institut tomonidan tajriba asosida tayyorlangan paxtani xitoy tajribasi asosida 76-16 sxemada ekishga mo‘ljallangan mini traktor va plyonka to‘shagichlar holati o‘rganildi. Vazir ushbu uskunalarni keng dala hududlarida qo‘llash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. ⏩Aytish mumkinki, amaliyotga tatbiq etilishi kutilayotgan qiymati 500 mln so‘mlik ushbu seyalkalar, aholibay-xonadonbay loyihasi asosida tayyorlangan bo‘lib, xalqaro standartlar talabiga mos keluvchi avtomatik ekish va plyonka ostiga olish imkoniyatlariga ega. Ushbu agrotexnika barcha fermerlarga foydalanish uchun tavsiya etilmoqda. Qolaversa, institut hovlisiga AQShdan keltirilgan 30 ta qovoq urug‘i ekilgan bo‘lib, hozirda uning 28 tasi iqlim sharoitiga mos tarzda sog‘lom rivojlanmoqda. Vazir ushbu holatni ham ko‘zdan kechirarkan, bu borada ham o‘zining tavsiya va maslahatlarini bildirdi. Shu bilan birga muassasada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni munosib baholadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.