Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasida ilmiy-tadqiqot instituti ham ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, Toshkent davlat agrar universitetida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
Yarmarkada Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti ham ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida 100 ga yaqin yetakchi korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini namoyish etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasbiy talablar hamda ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot bermoqda.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube