Kasbiy ma’rifat soati” – xodimlar malakasini oshirish bugungi kun talabi

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida xodimlarning kasbiy bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Kasbiy ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.
ℹUnda Toshkent davlat agrar universiteti “Biznesni boshqarish” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Farmonov To‘lqin Xaitmurodovichning “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi Mustaqillik yillarida: amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar va yaqin kelajakka belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi taqdimot ma’ruzasi tinglandi.
Aytish kerak, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining iqtisodiy salohiyati jihatidan jahon hamjamiyatining bir bo‘lagi sifatida, ya’ni jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsata oladigan davlat sifatida munosib o‘ringa ega bo‘ldi.
Bugun mamlakatimizda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan kasbiy ma’rifat soatida ham ayni shu masalalar xususida so‘z yuritildi.
Mazkur vazifalarning samarali amalga oshirilishi esa, shubhasiz, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va zamonaviy taraqqiyotning yangi qirralarini o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Zero, bugungi kunda O‘zbekiston dunyo iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan salohiyatga ega davlat hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Kasbiy ma’rifat soati” xodimlarning kasbiy bilim va malakalarini oshirish bilan birga mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yanada yaqinroq tanishtirish hamda sohada bo‘layotgan yangiliklar, o‘zgarishlarning mohiyatini keng va to‘laqonli anglashlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram