Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kartoshkachilikda innovatsion yondashuv: “in-vitro” texnologiyasi asosida dastlabki mini-tuganaklar yig‘ib olinmoqda

Kartoshkachilikda innovatsion yondashuv: “in-vitro” texnologiyasi asosida dastlabki mini-tuganaklar yig‘ib olinmoqda
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda “in-vitro” texnologiyasi asosida yetishtirilgan urug‘lik kartoshkaning dastlabki mini-tuganaklarini yig‘ib olishni boshladi. Mazkur innovatsion yondashuv natijasida kasalliklarga chidamli, yuqori hosildor va mahalliy iqlim sharoitlariga mos mini-tuganaklar yetishtirilmoqda. Loyiha doirasida 105 ta yengil konstruksiyali issiqxonada laboratoriya sharoitida ko‘paytirilgan kartoshka o‘simliklari parvarish qilinmoqda. Joriy yilda 4 million dona mini-tuganak olish rejalashtirilgan. Olingan mini-tuganaklar dastlab tashqi muhit sharoitiga moslashtiriladi. Shundan so‘ng ular urug‘lik sifatida ko‘paytirilib, fermer va urug‘chilik xo‘jaliklariga yetkazib beriladi. Batafsil ma’lumot bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)ning YouTube platformasida e’lon qilingan lavha orqali tanishishingiz mumkin: https://youtu.be/mJVlptWpG2Q?si=fXsFI-i6T8azvX70 Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.