Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi

Kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriya Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti professori Polgar Jolt boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda yurtimizda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, sohaga Vengriya tajribasini joriy etish orqali mamlakatimizning barcha hududlaridagi dehqon va fermerlarni sifatli kartoshka urug‘lari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Professor Polgar Jolt yurtimizning kartoshka nisbatan ko‘p yetishtiriladigan Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari femer va dehqon xo‘jaliklari bilan hamohanglikda sifatli kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish yuzasidan o‘z takliflarini o‘rtaga tashladi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda agrar sohada tomonlar uchun bu kabi manfaatli bo‘lgan hamkorlik nafaqat kartoshkachilikda, balki agrar sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishda ham muhim ekanini qayd etdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.