Joriy yilning 5 Aprel kuni Qishloq xo'jaligida xizmatlar ko'rsatish agentligi, Andijon viloyat Agroxizmatlar markazi hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI Andijon ilmiy tajriba…

stansiyasi hamkorligida "Fermer va dehqon xo'jaliklarida piyozboshchadan (sevok) piyoz mahsulotini yetishtirish" bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tdi.
Seminarda sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari rahbarlariga mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiya va ma'lumotlar berib o'tildi. Seminar davomida berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube