Joriy yilning 27 iyul kuni Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Berdialiyevich Azimov viloyat agrar soha mutasaddilari Sh. Sultonov, B. Xudoyqulov hamrohligida Janubiy dehqonchilik Ilmiy - tadqiqot…

institutiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida viloyat hokimi Murodjon Azimov ilmiy markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, institut seleksiyoner olimlari, ilmiy xodimlari, yosh doktorantlari bilan qishloq xo'jaligida urug'chilik tizimini rivojlantirish, raqobatbardosh yangi navlar yaratish, suv tejovchi innovatsion texnik ishlanmalar yaratish kabi dolzarb masalalar bo'yicha ochiq muloqot olib bordi.
Shuningdek, Respublika miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va uning mustahkam zahirasini yaratish, qishloq xo'jaligini ilmiy yondashuv asosida rivojlantirish agrar soha olimlarining oldiga turgan muhim vazifalardan ekanini yana bir bora ta'kidlab, istiqbolda amaliy loyihalar ustiga hamkorlikda ish olib borish bo'yicha bir qancha taklif va tavsiyalarini o'z nutqida bildirib o'tdi.