Joriy yilning 27 dekabr kuni viloyat hokimining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Nazarov boshchiligida, Vobkent tumanida joylashgan “Buxara Asl elita” MChJning dala yer maydonida 2023…
yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarini parvarishlash maqsadida, (oziqlantirish, sharbat xandaklarini qazish, mahalliy o‘g‘it chiqorish va dalaga kiritish, sharbat bilan sug‘orish, g‘o‘za qator orasiga ekilgan g‘alla maydonlarini g‘o‘za poyadan tozalash, dala atroflarini begona xas-xashaklardan tozalash hamda tut va tok ko‘chatlarini ekish) bajarilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha viloyat ko‘rgazmali seminari o‘tkazildi.
Ko‘rgazmali seminarda viloyat hokimining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Nazarov, tuman hokimining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, tumanlar Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, viloyat Agroxizmatlar markazi boshlig‘i va mutaxassislar, tuman Agroinspeksiya bo‘limi boshlig‘i, tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i, tuman O‘simliklar himoyasi va karantin bo‘lim boshlig‘i, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, tuman “Chorvanasl” agentligi boshlig‘i, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomarqa yer egalari kengashi raisi, viloyatdan tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, don korxonalari rahbarlari, paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari ishtirok etdi.
Seminar yakunida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga asosan, mevali daraxt ko‘chatlari, shu bilan birga dala atroflarini obodonlashtirish maqsadida buta va gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Mutaxassislar yig‘ilganlarga ekish bo‘yicha agro tavsiyalar ham berib o‘tildi.
Buxoro viloyati Agroxizmatlar markazi.