Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Joriy yilning 22 dekabr kuni viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda  Buxoro viloyati Agroxizmatlar markazi bilan hamkorlikda Qorako‘l tumani hokimligi binosida, Qorako‘l va Olot tumani fermer…

xo‘jaliklari uchun “Buxoro viloyatida 2023 yil  yuqori hosil olish uchun qishloq xo‘jaligi sohasida  o‘z muddatida  agrotexnik tadbirlar  amalga oshirish” mavzusida  o‘quv seminari  bo‘lib  o‘tdi. Seminarda viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i A.Javodov,  Buxoro viloyati  Agroxizmatlar markazi direktori  T.Usmonov, AKISning ilmiy ta’lim va malaka oshirish bo‘limi boshlig‘i A.Zoirov va mutaxassislari, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari, Qorako‘l, Olot tumanlari Qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari,  qishloq xo‘jaligiga daxldor korxona rahbarlari, fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi. Buxoro viloyat Qishloq xo‘jaligi  boshqarmasi boshlig‘i  A.Javodov tuproq unumdorligini oshirish, yerlarni sho‘r yuvish ishlarni o‘z vaqtida olib borish kabi bir qancha agrotexnik tadbirlarni to‘g‘risida tavsiyalar berib o‘tdi. So‘ng Buxoro viloyati  Agroxizmatlar markazi direktori   T.Usmonov bog‘ qator orasida qish oyida bajariladigan agrotexnik tadbirlar, mevali bog‘larga shakl berish, butash ularni kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida, ISO va BORDOS suyuqliklari bilan ishlov berish, ularni tayyorlash agrotexnikasi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Buxoro viloyati Agroxizmatlar markazi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.