Joriy yilning 21-iyul kuni Suv xo’jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi tomonidan “ Farg’ona vodiysida suv resurslarini boshqarish II-bosqich “ loyihasining Yevropa…

ittifoqi granti doirasida, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI Andijon ITS da Qishloq xo’jaligi vazirligi, Suv xo’jaligi vazirligi tarkibidagi tizim tashkilotlari,Andijon viloyat Agroxizmatlar markazi, ITI lar xodimlari ishtirokida seminar-trening bo’lib o’tdi.
Trening davomida ishtirokchilar bilan innovatsion va resurs-tejamkor samarali qishloq xo’jaligi texnologiyalari, tuproqni ximoya qilishga asoslangan dehqonchilik, yerni lazer yordamida tekislash, kompostlarni tayyorlash, fitomelioratsiya, almashlab ekish, aralash ekinlar hamda qishloq xo’jaligi ekinlarini diversifikatsiyalash masalalari muhokama qilindi. Ushbu trening yil davomida har oy o'tkazib kelinmoqda.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube