Joriy yilning 18-sentabr kuni akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot-institutiga Latviya Respublikasining “Bulduru texnikums” ilmiy markazi vakillaridan…

iborat delegatsiya tashrif buyurishdi.
“Bulduru texnikums” ilmiy markazi rahbari Rafaels Joffe institut bilan hamkorlik aloqalarini bog'lashga katta qiziqish bildirdi. Qizg‘in suhbat davomida mehmonlar takliflariga binoan, hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi:
danakli meva turlarida “in-vitro” usulida ko‘paytirishda tajribalar almashish;
moliyalashtiriladigan ikki tomonlama xalqaro ilmiy loyihalar;
manzarali bog’dorchilikda tur va navlar almashinish;
ilmiy xodimlar va yosh mutaxasisslar almashinuvi to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi. Kelgusida memorandum imzolab, hamkorlik yanada mustahkamlanish reja qilindi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube