Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Joriy yilning 17-oktabr kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 17-oktabr kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga tashrif buyurdi.
⏩Tashrif davomida Birlashma tajriba dalalarida innovatsion saqlash ya’ni "vernalizatsiya" usulida saqlangan urug‘liklarini tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazish jarayoni bilan yaqinda tanishdi. Aytish kerakki, bunda, bir dalaning o‘zida "vernalizatsiya" jarayonidan o‘tgan va o‘tmagan urug‘liklarning oʻsib rivojlanishi va hosildorligi elementlari bo‘yicha tajriba sinov ishlari olib borilmoqda. E'tirof etish kerakki, vernalizatsiya davrini oʻtagan urug‘lar sovuq haroratni oldindan "sezadigan", tez va bir xil o‘sish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu esa urug‘larning erta rivojlanishiga va yuqori hosildorligini ta'minlaydi. Ushbu tajribadan o‘tgan urug‘larning hosildorlik darajasi va o‘sish kuchi yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Vazir innovatsion yondashuvlar orqali amalga oshirilayotgan tajriba sinov ishlarini munosib baholab, kelgusida bu tajribani yanada takomillashtirish yuzasidan o‘zining ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.